20:53 / 11.06.2019
2 680

Ivan Golunovga qarshi jinoiy ish yopildi. U ozodlikka chiqadi (video)

Ivan Golunovga qarshi jinoiy ish yopildi. U ozodlikka chiqadi (video)
Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev «Meduza» jurnalisti Ivan Golunov javobgarlikdan ozod qilinishini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistning aybdorligi isbotlanmagan va unga qarshi jinoiy ish yopilgan.
«Jurnalist bugunoq uy qamog‘idan ozod etiladi», deb va’da berdi vazir.

6 iyun kuni Moskvada «Meduza»ning maxsus muxbiri, o‘zining o‘tkir jurnalistik tekshiruvlari bilan tanilgan jurnalist Ivan Golunov qo‘lga olingandi.

Katta miqdordagi narkotik moddalar saqlashda ayblanayotgan Golunov uy qamog‘iga hukm qilindi.
Ivan Golunov sudda o‘zining aybsizligini ma’lum qildi.

«Vedomosti», «RBK» va «Kommersant» nashrlari dushanba kuni muqovasida «Mы Ivan Golunov» («Biz Ivan Golunovmiz») iborasi bilan chiqish qildi. Shu tariqa, bu gazetalar narkotik saqlashda gumonlanib qo‘lga olingan jurnalistni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ivan Golunovga qarshi jinoiy ish yopildi. U ozodlikka chiqadi (video)