10:53 / 12.06.2019
3 780

Rossiyaning Suriyaga tavakkallarcha yurishining yetti sababi (1-qism)

Rossiyaning Suriyaga tavakkallarcha yurishining yetti sababi (1-qism)
Rossiyaning Suriyaga tavakkallarcha yurishining yetti sababi

Rossiyaning Suriya to‘qnashuvida ishtirok etishini birgina AQShning “popugini pasaytirib qo‘yish” istagi bilan tushintirish qiyin. Nima bo‘lganda ham, Yaqin Sharqqa qo‘shin yuborish qarorining talaygina sabablari mavjudki, bu tarixiy majburiyatdan to Yaqin Sharq mintaqasida o‘z ta’sirini saqlab qolish istagigacha bo‘lgan vajlarni o‘z ichiga qamrab oladi.

Bugungi Rossiya-Suriya do‘stligi sovet davrining asari bo‘lib, u Damashq va Kreml o‘rtasidagi tarixiy “nikoh shartnomasi”ga tayanadi.

SSSRning do‘sti, Misr “fir’avni” Nasr 1970 yilda to‘satdan vafot etganda hokimiyatga yangi “fir’avn” Anvar Sadat (1970-1981) keldi, va Misr SSSRning Yaqin Sharqdagi asosiy do‘sti bo‘lishdan to‘xtadi. Sadat bir Moskva, bir Vashington bilan xushomadgo‘ylik qilib o‘yin olib bordi, AQSh bilan tobora yaqinlashdi.

Aynan o‘shanda, Qohiradan ko‘ngli qolgan Kreml mintaqadagi asosiy ittifoqchi sifatida Damashqqa ganak tikdi va yutib chiqdi.

Xrushevdan hozirgacha

Harbiy sohadagi Suriya-Rossiya hamkorligi o‘tgan yuz yillikning 50-yillarida, Nikita Xrushev davrida boshlandi.

Bu “sovuq urush” o‘zining eng qizg‘in pallasiga yetib kelgan, SSSR o‘z pozitsiyalarini kuchaytirishga har taraflama intilyotgan davr edi, ayniqsa Yaqin Sharqda. Xrushev Damashqni u bilan aloqalarni rivojlantirsa bo‘ladigan do‘st sifatida ko‘rdi. Natijada, 1955-1957 yillarda Damashq va Moskva o‘rtasida Suriyaga $ 70 mln.lik qurol-yarog‘ yetkazib berish to‘g‘risida qator kelishuvlar imzolandi.

1960-yilda Suriya uchun asosiy dushman AQSh va G‘arb ko‘magida mustahkamlanib olgan va bir qancha janglarda arab davlatlarini mag‘lubiyatga uchratgan Isroil bo‘ldi (1948-yilgi, 1956-1957 yilgi Suvaysh inqirozi, 1967-yilgi olti kunlik urush). Isroil asosiy e’tiborini harbiy-havo kuchlarini rivojlantirishga qaratdiki, bu Suriyani behuzur qildi.

Olti kunlik urushda Isroil; Suriya, Misr, Iordaniya, Iroq va Jazoirga qarshi urusha turib, sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi: Sinay yarim oroli, G‘azo sektori, Sharqiy Quddus, Iordan daryosining g‘arbiy sohili, shuningdek Golan tepaliklarini (Suriyada) egalladi.

Bu Suriyaning Moskva og‘ushiga kirishiga turtki bo‘ldi, ustiga ustak, Suriyada hokimiyatga BAAS partiyasi sotsialistlari kelgan edi. Harbiy hamkorlik katta Asad (Suriyaning 1971-2000 yillardagi prezidenti) davrida gullab yashnadi va 1971-yili Tartus shahrida SSSR harbiy-dengiz flotining material-texnik qismiga asos solindi.

Moskva endilikda Damashqqa kalashnikov avtomatlari, tanklar, raketalar va ko‘plab boshqa narsalarni sota boshladiki, bularning bari Suriya armiyasining kuchayishiga yordam berdi. Bundan tashqari, Suriyada KGB agenturasi ochildi.

Kremlning yangi “kelinchagi” Misr “sotqinlari”dan ko‘ra muomalaga yuradiganlardan bo‘lib chiqdi va Suriya-SSSR do‘stligi barq urib gullayverdi. SSSR uchun O‘rtayer dengizi o‘sha payti harbiy-strategik munosabatlarda muhim rol o‘ynagan.

SSSR harbiy dengiz flotining “5-o‘rtayer dengizi” eskadrasining joylashishi AQSh harbiy dengiz flotining “6-floti”ga tahdid sola boshladi.

Bu Brejnevni xursand qilar, Vashingtonni esa tashvishga solar edi. Shunday qilib, SSSR 1970-yillar boshida NATOning janubiy qismini egallashga va Suriyada, xususan Tartusda strategik punktga asos solishga muvaffaq bo‘ldi. Natijada sovet harbiy kemalarida Afrika qirg‘oqlari va Hind okeaniga (Suvaysh kanali orqali) chiqish imkoni paydo bo‘ldi.

Taqsimot 1970-yillarda shunday bo‘lgan. 1980-yillarda, ma’lumki, sovet tizimi boshi berk ko‘chaga kirib qoldiki, bu 1991-yilda uning butunlay holdan toyishi bilan yakunlandi.

1990-yillar boshidan Suriya-Rossiya harbiy hamkorligida turg‘unlik davr boshlanib, bu Vladimir Putinning hokimiyatga kelishi bilan poyoniga yetdi va Kremlning tarixiy ishtiyoqi qayta tirildi.

2005-yilda Moskva Suriyaning ulkan qarzi – $10 mlrd.ning bahridan o‘tdi, sharti shuki: Damashq qurol-yarog‘larni Moskvadan sotib oladi. Bundan tashqari ikki o‘rtada xuddi Brejnev va Andropov davrida bo‘lganidek siyosiy, madaniy va itqisodiy hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi.

Suriyada 2011-yilga kelib fuqarolar urushi boshlangach, Kreml Suriyadagi o‘zining manfaatlari va ittifoqchisi Bashar Asadning kelajagidan qattiq havotirga tushdi.

2013-yilda O‘rtayer dengizida Rossiyaning harbiy faoliyati qayta tiklandi, bu maqsadlar yo‘lida RF harbiy dengiz flotining O‘rtayer dengizi eskadrasi tuzildi.

RF HDF (harbiy dengiz floti) O‘rtayer dengizi eskadrasi shtab kvartirasi Krimda joylashgan.

Muallif: Vladimir Sazonov,
Tartu universiteti (Estoniya) katta ilmiy xodimi.

Manbalar asosida "Ildiz"da tarjima qilindi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning Suriyaga tavakkallarcha yurishining yetti sababi (1-qism)