Jahon iqtisodiy forumining Twitter’dagi sahifasida dunyoning eng qudratli shaharlari reytingi paydo bo‘ldi. 1692,3 ball bilan London birinchi qatordan joy egalladi deya xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Ikkinchi o‘rinni esa Nyu-York 1565,3 balli ko‘rsatkich bilan qo‘lga kiritgan.Tokio (1462) yetakchilar uchligi oxirida.
Parij va Singapur ham beshlikka kirgan. Ro‘yxatning oltinchi o‘rnida Amsterdam, yettinchi o‘rnida esa - Seul. Berlin, Gonkong va Sidney keyingi o‘rinlardan navbatma-navbat joy egallashdi. Moskva o‘nlikka kirmagan.
Mori fondining Shahar strategiyalari instituti har yili iqtisodiyot, tadqiqot va ishlanmalar, madaniy hamkorlik, hayot uchun moslik, atrof-muhit va qulaylik kabi oltita mezon bo‘yicha 44 ta shahar tahlilini o‘tkazadi. Mezonlarning har biri o‘z navbatida mutaxassislar tomonidan baholanadigan 70 ta turli ko‘rsatkichlarga bo‘lingan. Har bir shahar jami 2600 balga ega bo‘lishi mumkin, bu maksimal baho deyiladi fond saytida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi