14:20 / 12.06.2019
3 332

Toqayev qasamyod qildi va Qozog‘iston prezidenti lavozimiga kirishdi (video)

Toqayev qasamyod qildi va Qozog‘iston prezidenti lavozimiga kirishdi (video)
Qozog‘istondagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Qosim-Jo‘mart Toqayev inauguratsiya marosimida qasamyod qabul qilib, davlat rahbari lavozimiga kirishdi.

U marosimda qo‘lini Konstitutsiyaga qo‘ygan holda davlat tili - qozoq tilida qasamyod qildi.

«Qozog‘iston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Qozog‘iston konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya qilishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga, Qozog‘iston respublikasi prezidenti sifatida zimmamga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali ravishda qasamyod qilaman», — degan Toqayev.

9 iyun kuni Qozog‘istonda hisob bo‘yicha oltinchi marta prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Markaziy saylov komissiyasi saylovda «Nur Otan» partiyasidan nomzod sifatida qatnashgan Qosim-Jo‘mart Toqayev 70,96 foiz ovoz bilan g‘alaba qozonganini e’lon qildi.

Endi u keyingi 5 yil davomida Qozog‘istonni boshqaradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toqayev qasamyod qildi va Qozog‘iston prezidenti lavozimiga kirishdi (video)