08:50 / 13.06.2019
3 818

O‘zbekistonliklarning Rossiyada ish topishi osonlashadi

O‘zbekistonliklarning Rossiyada ish topishi osonlashadi
Foto: Sputnik
O‘zbekistondagi xususiy bandlik agentliklari Rossiyaning bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga ulanadi. Bu haqda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lumotlariga tayangan holda Sputnik xabar bermoqda.

O‘zbekiston rekruting agentliklarini Rossiya ish izlash tizimiga jalb qilish masalasi Krasnoyarskda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Rossiya davlatlarining navbatdagi hukumatlararo komissiyasining mehnat migratsiyasini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishida muhokama qilindi.

«O‘zbekistondagi har bir xususiy agentlikni Rostrudning kasbiy aloqalar bo‘lmish SkillsNet.ru ijtimoiy messenjeriga ulash bo‘yicha qaror qabul qilindi», — deb aytgan Bandlik vazirligi xodimi.

U shuningdek, O‘zbekistondagi xususiy agentliklar «Rabota v Rossii» portalida o‘z shaxsiy kabinetlarini ochishlari mumkinligini ham qo‘shimcha qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yaqin ikki yil ichida O‘zbekiston va Rossiyadagi ish izlash tizimlari integrallashuvi ustida ish olib boriladi. Ushbu sektorda shaffoflikni ta’minlash, ikki davlat mutasaddi idoralarining yanada samarali hamkorligi masalasi ko‘rib chiqiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonliklarning Rossiyada ish topishi osonlashadi