10:44 / 13.06.2019
2 683

Moskva politsiyasi Ivan Golunovning ismini hukumatga qarshi shior deb e’lon qildi

Moskva politsiyasi Ivan Golunovning ismini hukumatga qarshi shior deb e’lon qildi
Foto: «Kommersant’»
«Pokrovskoye-Streshnevo» ichki ishlar bo‘limi xodimlari Meduza nashri jurnalisti Ivan Golunovni qo‘llab-quvvatlashga chiqqan marsh ishtirokchilaridan birini hukumatga qarshi shior — «Ivan Golunov» deb baqirgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortdi.

Meduza nashrining yozishicha, protokolda aksiya ishtirokchisi «fuqarolar va ommaviy axborot vositalarining e’tiborini o‘ziga tortib hukumatga qarshi shior — ‘Ivan Golunov’ deya baqirgan».

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, politsiya xodimlari tezlik bilan protokollardan «hukumatga qarshi shior» jumlasini olib tashlaydigan bo‘lgan. Qo‘lga olingan ishtirokchilardan biri ozodlikka chiqqanidan so‘ng, politsiyachilar telefon orqali unga «tuzatilgan protokol»ni yuborishni taklif qilishgan.

Moskva vaqti bilan 17:30 da o‘tkazilgan aksiyada 423 nafar odam qo‘lga olingan. Ular orasida jurnalistlar ham bo‘lib, aksariyati keyinroq qo‘yib yuborilgan. Qo‘lga olinganlarning ma’lum qismiga rejalashtirilmagan aksiyada ishtiok etgani sabab ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva politsiyasi Ivan Golunovning ismini hukumatga qarshi shior deb e’lon qildi