12:40 / 13.06.2019
2 773

Gonkongda yirik ommaviy norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda (video)

Gonkongda yirik ommaviy norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda (video)
Gongongda yuz minglab odamlar ishtirokida ommaviy norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Yeuronews.com nashri xabar berdi.

Namoyishchilar ekstraditsiya toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirish kiritilishiga qarshi chiqishmoqda. Minglab namoyishchilar hukumat binolari joylashgan hududga olib boruvchi yoʻllarni toʻsib qoʻydi. Gongkong qonunchilik kengashi 12-iyun kuni qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishi kerak edi, namoyishlar tufayli hukumat buni keyinga qoldirishga qaror qilgan.

Qonunga kiritilishi rejalashtirilgan oʻzgartirish Gonkongda jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarni Xitoyning materik qismiga ekstraditsiya qilishni nazarda tutadi. Koʻpchilik bu Gonkong odil sudlov tizimiga putur yetkazishi mumkinligidan xavfsiramoqda. Namoyishlarda millionga yaqin kishining qatnashayotgani aytilmoqda. Politsiya maʼlumotlariga koʻra, bu kabi norozilik namoyishlari hududda 1997-yildan buyon mutlaqo kuzatilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gonkongda yirik ommaviy norozilik namoyishlari boʻlib oʻtmoqda (video)