09:36 / 14.06.2019
3 257

Rossiya va YeI o‘zaro hisob-kitoblarda rubl va yevroga o‘tmoqchi

Rossiya va YeI o‘zaro hisob-kitoblarda rubl va yevroga o‘tmoqchi
Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Anton Siluanov va Yevrokomissiyaning energoittifoq bo‘yicha vitse-prezidenti Marosh Shefchovich o‘zaro savdodagi hisob-kitoblarni rubl va yevroga o‘tkazish masalasini ilgari suruvchi ishchi guruh tuzishga kelishib oldi. Bu haqda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari matbuot kotibi Andrey Lavrov ma’lum qildi.

«Tomonlar milliy valyutalardan foydalanishni kengaytirish o‘zaro manfaatli bo‘lishini, Rossiya va YeI tadbirkorlari uchun xatarlarni pasaytirishini qayd etishdi», — dedi u.

Ishchi guruh hisob-kitoblarni milliy valyutalarda olib borish bo‘yicha amaliy qadamlarni o‘rganadi, dedi Siluanovning vakili.

Rossiya o‘z savdo hamkorlari bilan hisob-kitob qilishda milliy valyutalarga o‘tish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Keyingi paytda Turkiya va Xitoy bilan bu borada muzokaralar o‘tkazildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya va YeI o‘zaro hisob-kitoblarda rubl va yevroga o‘tmoqchi