10:41 / 14.06.2019
3 362

Turkmaniston prezidenti velosipedda o‘tirib to‘pponchadan o‘q otish mahoratini namoyish qildi

Turkmaniston prezidenti velosipedda o‘tirib to‘pponchadan o‘q otish mahoratini namoyish qildi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov harbiy mashg‘ulotlarda velosipedda nishonlar oldidan o‘tayotib, to‘pponchadan ularga aniq o‘q otish malakalarini namoyish qildi. Bu haqda Turkmaniston hukumatining “Neytralniy Turkmenistan” nashri xabar berdi.

Berdimuxamedov ushbu malakalarini o‘quv-mashg‘ulot markazida namoyish qilgan. Nashrning ta’kidlashicha, Turkmaniston yetakchisi milliy armiya qo‘shinlarining tayyorligini to‘satdan tekshirish maqsadida yarimtundan keyin tegishli bo‘linmalarning jangovar shay holatga keltirilishini buyurgan. Trevoga bo‘yicha harbiy qismlarning shaxsiy tarkiblari oyoqqa turg‘izilgan, jangovar samolyot va vertolyotlar o‘quv-mashg‘ulot markaziga yo‘l olgan.

Bu yerda Berdimuhamedov harbiy mashg‘ulotlarni ko‘zdan kechirib, velosipedga o‘tirgan va yo‘l bo‘ylab o‘rnatilgan uchta nishon oldida burilishlar bajarib, ulardan har biriga uchtadan o‘q uzgan.

Nashrning ta’kidlashicha, Turkmaniston yetakchisi barcha nishonlarni aniq mo‘ljalga olib, o‘zining yaxshi jismoniy tayyorgarlikda ekani va o‘q otish mahoratini yana bir namoyish qilgan va harbiylarga o‘rnak ko‘rsatgan.

Berdimuhamedov muntazam ravishda qo‘l ostidagilarga turli o‘qotar qurollardan o‘q otish malakasini namoyish qilib keladi. Biroq, ta’kidlanishicha, velosipedda o‘tirib aniq o‘q otish malakasini Turkmaniston prezidenti ilk bor namoyish qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidenti velosipedda o‘tirib to‘pponchadan o‘q otish mahoratini namoyish qildi