3 423
Bishkek sammitida qatnashayotgan Eron prezidenti AQShni mintaqa va dunyoga tahdid deb atadi
AQSh o‘zining tajovuzkor siyosati bilan Yaqin Sharq mintaqasi xavfsizligi va butun dunyoga tahdid solmoqda. Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan ShHT sammitida ana shunday bayonot berdi.
"AQSh hukumati keyingi ikki yil davomida barcha xalqaro qoidalarni buzib, moliyaviy va harbiy imkoniyatlaridan foydalanib tajovuzkor harakatlar qilmoqda va mintaqa hamda dunyoga jiddiy tahdid solmoqda", - dedi u.
Vashington xalqaro hamjamiyatni BMT xavfsizlik kengashining Eron bilan savdo munosabatlarini yaxshilash to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini buzishga majbur qilmoqda, dedi Ruhoniy.
2018 yil 8 mayda AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Eron bilan 2015 yilda imzolangan yadroviy kelishuvdan chiqishini e’lon qildi va bir tomonlama tartibda sanksiyalar kiritdi.
Qirg‘iziston poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan ShHT sammitida Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, O‘zbekiston, Pokiston, Tojikiston prezidentlari ishtirok etmoqda. Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mongoliya rahbarlari kuzatuvchi sifatida taklif etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi