22:30 / 14.06.2019
5 238

Tojikiston qamoqxonasida uyushtirilgan isyon ortida kim turgani ma’lum bo‘ldi

Tojikiston qamoqxonasida uyushtirilgan isyon ortida kim turgani ma’lum bo‘ldi
Foto: Sputnik
IShID Tojikistonning Vahdat shahri yaqinidagi koloniyadagi isyon uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

«Al-Nabaa» haftalik gazetasida terrorchilik tashkiloti Tojikiston koloniyasidagi g‘alayonni «xalifat askarlari» sodir etganini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, 19 may kuni Dushanbe shahridan 15 kilometr janubi-sharqda joylashgan Vahdat shahridagi qattiq rejimdagi koloniyada isyon ko‘tarilgandi. Isyon oqibatida uch nafar qo‘riqchi va 29 nafar mahbus o‘ldirilgandi.

Tojikiston Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, koloniyada tartibsizliklarga Behruz Gulmurod (Halimov), Faxriddin Gulov, Mahmadullo Sharipov, Ruhullo Hasanov bevosita rahbarlik qilgan. Behruz Gulmurod – sobiq Tojikiston OMON qo‘mondoni Gulmurod Halimovning o‘g‘li, u 2015 yilda terrorchilik tashkilotiga qo‘shilgan va Suriyada o‘ldirilgan. Behruzga 2017 yilda 10 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston qamoqxonasida uyushtirilgan isyon ortida kim turgani ma’lum bo‘ldi