Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dushanbeda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti rasman boshlanishi oldidan 15 iyunda 66 yoshni qarshilagan Xitoy raisi Si Szinpinni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga hamkasbi yoqtirib qolgan, Rossiyada ishlab chiqarilgan muzqaymoq sovg‘a qildi.
Ta’kidlanishicha, Putin Xitoy raisini tavallud ayyomi bilan tabriklagani uning Dushanbedagi qarorgohiga kirib o‘tgan.
Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Si Szinpinning ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi rolini yuqori baholab, Xitoy raisining Rossiyaga yaqinda amalga oshirgan tashrifi muvaffaqiyatli o‘tganini ta’kidlab o‘tgan.
Si Szinpin o‘z navbatida Putinga minnatdorlik bildirgan va uning Xitoyda juda mashhurligini ta’kidlab o‘tgan.
Ma’lum qilinishicha, bir necha yil avval Sharqiy iqtisodiy sammitda xitoylik tadbirkorlar Putinga Rossiya muzqaymog‘i Xitoyda mashhurligini aytishgan. Shundan keyin Putin Xitoyga navbatdagi tashrifi vaqtida Si Szinpinga ushbu shirinlikdan olib borgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi