17:55 / 15.06.2019
3 241

Eron tankerlarga hujum qilishdan oldin AQSh dronini urib tushirishga uringan

Eron tankerlarga hujum qilishdan oldin AQSh dronini urib tushirishga uringan
Foto: EPA
Eron harbiylari 14 iyun kuni Ummon ko‘rfazidagi ikki tankerga hujum qilishdan bir necha soat oldin Amerika droniga qarata «yer-havo» raketasini ishga tushirgan. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib, Daryo xabar berdi.

Telekanalning qayd etishicha, bunday ma’lumotni AQSh mansabdori bergan. U bergan ma’lumotga ko‘ra, eronliklar ko‘rfaz hududida amerikaliklar droni uchganini va unga qarata raketa otilganini ko‘rgan. «Raketa dron oldidan uchib o‘tdi va suvga tushdi», — degan mansabdor.

O‘t ochilishidan avval Amerika droni MQ-9 Reaper Eron kemasi tankerlarga yaqinlashishini kuzatgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 iyun kuni Fors ko‘rfazida ikkita neft tankeri Front Altair va Kokuka Courageous’ga hujum uyushtirilgan edi. Shu sababli Vashington Fors ko‘rfaziga raketa esminetsini yuborgan.

AQSh tankerlarga hujumda Eronni aybladi. Donald Tramp Fors ko‘rfazidagi kemaga hujumga kim javobgar ekanligi yuzasidan zarrcha shubxa yo‘qligini aytgan. Tehron esa AQShning hujumga aloqadorlik ayblovini rad etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron tankerlarga hujum qilishdan oldin AQSh dronini urib tushirishga uringan