2 831
Qirg‘iziston ShHT doirasida o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda amalga oshirishni taklif qildi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari uchrashuvida tashkilotning taraqqiyot bankini tuzish masalasini ko‘tardi.
U mazkur bankni tuzish, xususan o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalarga o‘tish bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirishni taklif qildi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, davlatlar, jumladan, kuzatuvchi davlatlar o‘rtasida transport-logistika aloqalarini yanada chuqurlashtirish muhim ahamiyatga ega.
«Shu bois biz Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasi tezroq amalga oshirilishi tarafdorimiz», — dedi Sooronbay Jeenbekov.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining o‘n to‘qqizinchi majlisi 13-14 iyun kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tdi.
Sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
O‘zbekiston prezidenti mintaqada savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, transport kommunikatsiyalari, axborot texnologiyalari va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlash kabi masalalar bo‘yicha dolzarb fikrlar bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi