17:17 / 16.06.2019
6 860

Donald Tramp 73 yoshga to‘ldi: AQSh prezidentini kim qanday tabrikladi (foto, video)

Donald Tramp 73 yoshga to‘ldi: AQSh prezidentini kim qanday tabrikladi (foto, video)
Foto: Forum Daily
14 iyun kuni Donald Tramp 73 yoshni qarshiladi. AQShning qirq beshinchi prezidenti ushbu kunni o‘z administratsiyasining yuqori martabali vakillari bilan majlislarda o‘tkazdi, shuningdek, matbuotga intervyu ham berdi. Bu haqda Forum Daily'ga tayanib Daryo xabar berdi.

Tramp prezidentlik lavozimiga kirishganidan beri ikkinchi bor tug‘ilgan kuni bo‘ldi. Ammo ikki marta ham buni tantanali ravishda nishonlamadi. Chunki AQSh bayrog‘i ham tasdiqlangan ushbu kunda fuqarolar e’tiborini tortishni ma’qul topmadi.

Siyosatchi bo‘lishidan avval Tramp tug‘ilgan kunini Nyu-Yorkda katta shoular tashkil qilib, yulduzlarni taklif qilib nishonlar edi.

«Bugun prezident Trampning tug‘ilgan kuni!» — deya yozadi Respublikachilar partiyasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida. Partiya vakillari amerikaliklarni prezidentga o‘z tabrigini yozishga chorlamoqda.

Prezidentning qizi Ivanka Tramp esa otasini tabriklab, Tramp nabiralari bilan tushgan suratni internetga joyladi.

Foto: Forum Daily
Uning tabrigiga Trampning boshqa farzandlari — kichik Donald, Erik hamda uning turmush o‘rtog‘i Lara, Tiffani Tramp ham qo‘shilgan.







Senator Stiv Deyns uni Montana shtati nomidan tabrikladi




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp 73 yoshga to‘ldi: AQSh prezidentini kim qanday tabrikladi (foto, video)