Toqayev Trampdan murosaga kelishni so‘radi

  • 17 iyun 2019, 14:21
  • 1 917
  • Dunyo
  • Toqayev Trampdan murosaga kelishni so‘radi
    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev «Euronews»ga intervyu berdi.

    Toqayev AQSh yetakchisi Donald Trampdan Xitoy bilan savdo urushida murosa yo‘lini tanlashni, xitoyliklarni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ymaslikni so‘radi.

    «Men xitoylik rahbarlar, umuman bu xalq psixologiyasini yaxshi tushunaman, ular bilan bemalol kelishib ketish mumkin», — ta’kidladi Toqayev.

    Toqayev Qozog‘iston Xitoyga bir qator tabiiy resurslarni eksport qiluvchi eng yirik mamlakatlardan biri ekaniga urg‘u berdi.

    «AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushidan tashvishdamiz. Qozoq mahsulotlari narxi tushib ketishi mumkin, mana shunisi xavotirli», — dedi Qozog‘iston prezidenti.

    Eslatib o‘tamiz, AQSh Xitoyning qariyb 200 milliard dollarlik mahsulotlari uchun bojni 10 foizdan 25 foizga oshirgandi. Keyinchalik Tramp Xitoyning qolgan mollari importiga ham bojlarni oshirishni boshlashga buyruq bergandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toqayev Trampdan murosaga kelishni so‘radi