11:48 / 18.06.2019
2 411

Zelenskiy ukrainalik ayollarni mamlakat turizm brendi deb atadi

Zelenskiy ukrainalik ayollarni mamlakat turizm brendi deb atadi
Foto: Sputnik
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Fransiyaga tashrifi chog‘ida Ukrainaning brendi nafaqat qishloq xo‘jaligi, konlar va metallurglar, balki oddiy «juda chiroyli odamlar, ayniqsa ayollar» ekanligini aytdi. Bu haqda Sputnik xabar qiladi.

Fransiyaning Ukraindagi elchisi Izabel Dyumo Zelenskiyning Parijga tashrifi haqida ma’lum qildi.

Zelenskiy Parijdagi dunyoda eng katta «Station F» startap-kampusiga tashrifi chog‘ida: «Men aytmoqchimanki, dunyoda doim odamlarda tushunchasi bo‘yicha Ukraina — bu birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi, konlar va metallurgiya. Ammo turistlar har doim Ukrainaning chiroyli mamlakatligini, ovqatlarining mazaliligini va insonlarining, ayniqsa ayollarining go‘zalligini aytishgan. Ha, bularning hammasi bor gap, bu bizning brendimiz bo‘lib qolmoqda», — dedi.

Zelenskiyning Ukrainada IT-texnologiyalar va kompaniyalar juda tez rivojlanishi haqida shunday dedi: «Ukrainada 150 mingga yaqin IT-mutaxassislar, startapchilar bor. O‘ylaymanki, bu yo‘nalishda rivojlanamiz».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy ukrainalik ayollarni mamlakat turizm brendi deb atadi