12:30 / 18.06.2019
2 564

Tramp noqonuniy muhojirlar keyingi hafta ommaviy deportatsiya qilinishini aytdi

Tramp noqonuniy muhojirlar keyingi hafta ommaviy deportatsiya qilinishini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp noqonuniy muhojirlar AQShdan keyingi haftadan boshlab ommaviy deportatsiya qilish boshlanishini ma’lum qildi. «Korrespondent.net»ning yozishicha, bu haqda Tramp 18 iyun kuni o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirgan.

«Keyingi hafta AQShning immigratsiya va bojxona politsiyasi mamlakatga noqonuniy kirgan millionlab muhojirlarni deportatsiya qilish jarayonini boshlaydi. Ular qanday tez kelgan bo‘lsa, shunday tez chiqarib yuboriladi», — deb ta’kidlagan u.

Shu bilan birga, Amerika rahbari o‘zining raqibi — demokratlarni migratsiya nazorati masalasiga e’tibor qaratmaganlikda aybladi.

«Meksika o‘zining qat’iy immigratsiya qonunlari tufayli odamlar bizning janubiy chegaralarimizgacha yetib borishdan to‘xtatib qolish uchun juda yaxshi ishlamoqda. Gvatemala «Uchinchi xavfsiz mamlakat to‘g‘risida» kelishuvni imzolashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Faqat Kongressdagi demokratlargina hech nima qila olmaydi», — degan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, Tramp aprel oyida agar noqonuniy muhojirlar oqimi to‘xtatilmasa, Meksika bilan chegarani yopish bilan tahdid qilgan edi.

Vashingtonning boj to‘lovlarini joriy etish tahdididan so‘ng Meksika rasmiylari noqonuniy migratsiya bilan kurashish maqsadida AQSh bilan chegarada Milliy gvardiyani joylashtirish majburiyatini oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp noqonuniy muhojirlar keyingi hafta ommaviy deportatsiya qilinishini aytdi