16:32 / 18.06.2019
8 387

Ilon timsohni butunligicha yutib yubordi (foto)

Ilon timsohni butunligicha yutib yubordi (foto)
Avstraliyaning Kvinslend shtatida erkak ilon timsohni butunligicha yutib yuborayotganini suratga oldi. Ushbu suratlarga Britaniyaning Daily Mail nashri qiziqish bildirdi.

Martin Myuller kayakda Iso tog‘i bo‘ylab tushayotganda ilon nimaningdir murdasini yutayotganini ko‘rib qolgan. Ilon o‘lik tismohni yutayotganini ko‘rib, bir necha suratlar olishga qaror qilgan.

Foto: Facebook
Erkak olgan rasmlarini Facebook’dagi GG Wildlife Rescue Inc sahifasiga joylagan. Foydalanuvchilar surat ostida qoldirgan izohlarda ilon timsohni yeyishi mumkinligidan hayratlangan. Ular, shuningdek, bunday yaqin masofadan suratga olish qanchalik xavfsiz ekaniga qiziqqan.


GG Wildlife Rescue Inc egasi Mishel Djons (Michelle Jones) uyida ikkita zaytun iloni boqishini, ular zaharli emasligini va istalgan narsani yutib yuborishi mumkinligini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon timsohni butunligicha yutib yubordi (foto)