21:53 / 18.06.2019
3 169

Zelenskiy Donbassdagi urushni tugatish yo‘lini taklif qildi

Zelenskiy Donbassdagi urushni tugatish yo‘lini taklif qildi
Tutqunlikda ushlab t urilgan shaxslarni o‘zaro almashtirish har ikki tomonning Donbassdagi nizoni bartaraf etish niyatidan guvohlik bergan bo‘lardi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniya bundestagi raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashuvida aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlarni almashtirish «15 ga 15» yoki hech bo‘lmaganda «10 ga 10» shaklida amalga oshirilishi mumkin.

Zelenskiy shuningdek, Ukraina hozirda Donbassni rivojlantirish loyihasini tayyorlayotganini aytdi.

«Bu ishda Yevropa ham yordam berishi mumkin», — dedi u.

Donbassdagi qurolli nizolar 2014 yilda boshlangan. Hududning bir qismi Kiyev nazoratidan chiqib ketgan hamda “DXR” va “LXR” respublikalari tashkil etilgan. Bunga javoban Ukraina hukumati qurolli operatsiya boshlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Donbassdagi urushni tugatish yo‘lini taklif qildi