Qirg‘iziston parlamenti deputatlari mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga nisbatan ayblovlar ilgari surdi. Bu haqda “AKIpress” axborot agentligi xabar berdi.
Atamboyevni daxlsizlikdan mahrum etish bo‘yicha tuzilgan komissiyaning xulosasi parlamentning huquq-tartibot bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishida o‘qib eshittirildi.
Avval ilgari surilgan 9 ta ayblovdan 6 tasi bo‘yicha ayblov bildirildi. Ular orasida “jinoiy guruhlar tashkil etish, Atamboyev tuzumiga qarshi chiqqan parlament deputatlari, jamoat arboblari, jurnalistlar va OAV vakillarini siquvga olish va repressiya qilish” kabi ayblovlar bor.
Bundan tashqari, Atamboyev jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Issiqko‘l va Chuy viloyatlarida yerlarning noqonuniy o‘zlashtirilishi, daromadlarni yashirish, Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va unga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishida ayblanmoqda.
Komissiyaga barcha 6 ta parlament fraksiyalari vakillari kirgan. Komissiya 3 oy ichida o‘z tergovi natijalarini bosh prokuraturaga taqdim qilishi, prokuratura esa jinoiy ish qo‘zg‘atish bo‘yicha qaror qabul qilishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi