11:16 / 22.06.2019
3 305

Maduro Ugandada tonnalab oltinni yashirmoqda

Maduro Ugandada tonnalab oltinni yashirmoqda
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro oltin zaxiralarini mamlakat tashqarisiga olib chiqishga urinmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Venesuela vakillarining ta’kidlashicha, bozor narxi 300 mln dollarlik 7,4 tonna oltin ikkita samolyotda Ugandadagi neftni qayta ishlovchi zavodga yetkazilgan.

Oltin yombilar belgilangan manzilga Rossiyaning charter laynerlarida keltirilgan. Ta’kidlanishicha, ba’zi yombilarda Venesuela markaziy banki muhri bor.

Uganda politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Entebbega keltirilgan oltin zavodda qayta ishlanib, keyin Yaqin Sharqqa eksport qilingan.

Xalqaro mutaxassislarning fikricha, oltinning noqonuniy transportirovkasi Maduroga hokimiyatni ushlab turishda yordam beruvchi uning xufiyona iqtisodiyotining bir qismi hisoblanadi.

Avvalroq Sardes turk firmasi Maduroga Venesueladan 900 mln dollarlik oltinni olib chiqib ketishda yordam bergani ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maduro Ugandada tonnalab oltinni yashirmoqda