13:30 / 19.06.2019
2 963

Qozon shahrida kechasi yo‘lovchilarni to‘nagan 2 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Qozon shahrida kechasi yo‘lovchilarni to‘nagan 2 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Qozon shahrida yo‘lovchilarini o‘margan o‘zbekistonlik fuqarolarning ikki nafari qo‘lga olindi, qolganini qidirish bilan mahalliy politsiya shug‘ullanmoqda, deb xabar beradi Sputnik.

Tergov versiyasiga ko‘ra, Nova-Savinovo tumanida jinoyatni kamida olti kishi amalga oshirib kelgan.

«10 iyun kuni ‘Savinovo’ politsiyasiga ikki nafar jabrlanuvchi murojaat qildi. Ularning ma’lum qilishicha, Chuykova ko‘chasida kechasi noma’lum shaxslar hujum qilib, ularga tegishli buyumlarni olib qo‘ygan: telefon, sumka, simsiz quloqchin, pul va bank kartalari. Yetkazilgan moddiy zarar 50 ming rubldan ortiqroq», — deyiladi Qozon shahri IIB xabarida.

Ertasiga kuni esa xuddi shu kabi shikoyat bilan yana bir necha kishi murojaat qilgan.

12 iyun kuni o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida ikki nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, birining yoshi 18 da, ikkinchisini 23 da bo‘lgan gumonlanuvchilar O‘zbekiston fuqarosi.

Yigitlar o‘z aybini tan olgan. Jinoiy guruh to‘rt kishidan iborat bo‘lgan. Hozirda qolgan jinoyatchilarni qidirish ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozon shahrida kechasi yo‘lovchilarni to‘nagan 2 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi