16:55 / 19.06.2019
2 788

Polshada mast holatda shahar ko‘chalari bo‘ylab tankda sayr qilgan haydovchi qo‘lga olindi

Polshada mast holatda shahar ko‘chalari bo‘ylab tankda sayr qilgan haydovchi qo‘lga olindi
Foto: Wiadomosci
Polshada shahar ko‘chalari bo‘ylab T-55 tankida sayr qilgan mast erkak qo‘lga olindi, deb xabar beradi Daryo.uz nashri.

Mazkur hodisa 12 iyun kuni Payenchno shahrida sodir bo‘lgan, biroq voqeaga keyinroq e’tibor qaratishgan. Ma’lum bo‘lishicha, polshalik harbiylarga tegishli T-55 tankini bir joydan boshqa joyga ko‘chirib olib o‘tishayotgan bo‘lgan. Jarayon orasida texnikani tashishga mo‘ljallangan transportyor buzilib qolgan. Uni tuzatish uchun esa tankni yerga tushirish kerak bo‘lgan.

Operatsiyaning aynan shu qismiga 49 yoshli haydovchi javobgar bo‘lgan. Ichib olgan haydovchi harbiy texnikada sayr qilish imkoniyatidan unumli foydalangan. Politsiyachilar yetib kelguniga qadar T-55 shahar markaziy ko‘chlarini aylanib chiqishga ulgurgan.

Haydovchi qo‘lga olingan va o‘ziga kelgach so‘roq qilingan. Agarda unga nisbatan xavfli transport vaziyatini yuzaga keltirish bo‘yicha ayblov e’lon qilinsa, haydovchi sakkiz yilga qamalishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polshada mast holatda shahar ko‘chalari bo‘ylab tankda sayr qilgan haydovchi qo‘lga olindi