19:24 / 22.06.2019
3 955

Grenlandiya muzliklari xavotirli tarzda erimoqda (video)

Grenlandiya muzliklari xavotirli tarzda erimoqda (video)
Grenlandiya muzliklari xavotirli darajada erishda davom etmoqda, deb xabar berdi Yeuronews'ga tayanib Darakchi nashri.
Olimlar bu sayyoramiz uchun falokat signali ekanligini ta’kidlashmoqda.

Daniyalik olimlarning ma’lumotiga ko‘ra faqatgina bir kunning o‘zida Grenlandiya muz qalqoni ikki milliard tonnaga yaqin muz yo‘qotgan. Mazkur holat 13 iyun kuni ro‘y bergan. Agar vaziyat shu zaylda davom etsa, muzliklarning erish ko‘rsatkichi tezligi bo‘yicha bu yil butun kuzatuvlar davridagi eng rekord ko‘rsatkich bo‘ladi. Iqlimshunoslarning fikricha, bu oroldagi barcha jonzotlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Hamda an’anaviy hayot tarzining izdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Grenlandiya muzliklarining umumiy massasi shimoliy yarim sharda eng yirik hisoblanadi. Olimlarning fikricha, qish mavsumida muzliklar miqdori ortishiga qaramasdan avvalgi mavjud muvozanat allaqachon buzilgan. Bundan tashqari, hududga yoqqan yangi qor miqdorining kamligi ham asosiy muammolardan biridir. Aynan qor qatlami quyosh nurlarini qaytarib, qatlam ostidagi muzliklar erishining oldini oladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Grenlandiya muzliklari xavotirli tarzda erimoqda (video)