Zelenskiy jurnalistlarga prezident administratsiyasidagi kabinetini ko‘rsatdi (video)

  • 20 iyun 2019, 09:43
  • 1 236
  • Dunyo
  • Zelenskiy jurnalistlarga prezident administratsiyasidagi kabinetini ko‘rsatdi (video)
    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy prezident administratsiyasidagi o‘zining ish kabineti bo‘ylab ekskursiya uyushtirdi, deb xabar beradi Daryo.uz nashri.

    Video avvalida mamlakat rahbarining matbuot kotibi Yuliya Mendel Zelenskiyning prezident spikerligiga nomzodlar bilan suhbatlashayotgan xonani ko‘rsatgan.

    Shundan so‘ng Zelenskiyning o‘zi paydo bo‘lib, jurnalistlar bilan salomlashgan va ularni o‘z kabinetiga taklif qilgan.

    Ayrim kiyevliklar issiq suvsiz o‘tirganini ta’kidlagan jurnalistlar prezident administratsiyasida issiq suv bor yoki yo‘qligi bilan qizziqqan. Jo‘mrakni ochgan prezident bu yerda «sovuq suv» oqayotganini ma’lum qilgan.

    Shuningdek, Zelenskiy prezident administratsiyasi binosidan boshqa joyga ko‘chmasa aqldan ozib qolishini bildirgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Zelenskiy jurnalistlarga prezident administratsiyasidagi kabinetini ko‘rsatdi (video)