14:23 / 20.06.2019
4 406

«Atirau go‘zali —2015» tanlovi g‘olibi vafot etdi

«Atirau go‘zali —2015» tanlovi g‘olibi vafot etdi
Foto: «Zakon.kz»
19 iyun kuni «Atirau go‘zali —2015» Gavhar Kasayeva vafot etdi. Go‘zallik tanlovi g‘olibi 2017 yildan qorin bo‘shlig‘i o‘sma kasalligidan aziyat chekayotgan edi.

2018 yilning oktyabrida Gavhar qozog‘istonliklarga Instagram orqali murojaat qilib, o‘zini qo‘llab-quvvatlashlarini so‘ragan. U hayotining so‘nggi kunlarigacha umidini so‘ndirmay Instagram’dagi sahifasiga postlar joylashtirib kelgan.

«Men akkauntimni sotganim va u boshqalar tomonidan boshqarilayotgani haqida xabarlar olyapman. Unday emas. Bunday qarorga kelishingizga yangi suratlarimni joylashtirmayotgani sabab bo‘lgandir. Buning sababi, hozir yura olmayotganimdir. Oyoqlarim shishib ketyapti, ular juda kuchsiz. Iltimos, duolaringizga meni yodga oling», — deb yozgan edi Gavhar 6 iyun kuni.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Atirau go‘zali —2015» tanlovi g‘olibi vafot etdi