2 960
Turkiyada davlat to‘ntarishi ishi bo‘yicha 200dan ortiq kishi umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Anqara sudi 2016 yil iyuldagi davlat to‘ntarishi ishi bo‘yicha 200dan ortiq kishini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar berdi NTV telekanali.
Yetti nafar general 114 martadan umrbod qamoq jazosini oldi. Ular orasida harbiy-havo kuchlari sobiq qo‘mondoni Akin O‘zturk, brigada generali Hoqon Evrim hamda jandarmeriya brigadalaridan birining qo‘mondoni Ali Usmon Gurjan bor.
Qolgan sudlanuvchilar bir martadan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Ishi tergovda bo‘lgan 33 kishi oqlandi. FETO rahbari Fathulloh Gulen va yana 12 kishining ishi keyingi majlisda ko‘riladigan bo‘ldi.
2016 yil 15 iyulda bir guruh harbiylar davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringandi. Asosiy to‘qnashuvlar Istanbul va Anqarada bo‘lgan, isyonchilarni hisoblamaganda 250 kishi halok bo‘lgan, 2 mingdan ortiq kishi yaralangandi. Anqara davlat to‘ntarishiga urinishda FETO tashkilotini ayblagan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi