09:35 / 26.06.2019
3 982

Aris shahridan evakuatsiya qilingan qozoq yigitining hayrati: «O‘zbeklarga qoyil qoldim» (video)

Aris shahridan evakuatsiya qilingan qozoq yigitining hayrati: «O‘zbeklarga qoyil qoldim» (video)
Foto: «TobolInfo»
24 iyun kuni Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatining Aris shahrida favqulodda vaziyat sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Bu shaharda yashaydigan 40 000 aholi Chimkent bilan Turkiston shaharlariga evakuatsiya qilindi. Bu shaharlarda azaldan ko‘plab mahalliy o‘zbeklar yashab kelishadi.

Chimkent shahridagi evakuatsiya jarayonlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, voqealar guvohi bo‘lgan bir qozoq yigitining WhatsApp messenjeridagi guruhda do‘stlariga yo‘llagan mahalliy o‘zbeklar haqidagi munosabatini «Feysbuk» tarmog‘i foydalanuvchisi Dilnur Komilov havola qildi:

Ҳаммамизга маълум, Қозоғистон Республикаси Туркистон вилоятининг Арыс шаҳрида фавқулодда вазият содир бўлди. Бу шаҳарнинг 40 000 аҳолиси Чимкент билан Туркистон шаҳарларига эвакуация қилинди. Бу шаҳарларда азалдан кўплаб маҳаллий Ўзбеклар яшаб келишади. Чимкент шаҳридаги эвакуация жараёнларини ўз кўзи билан кўриб, воқеалар гувоҳи бўлган бир Қозоқ йигитининг Ватсапп мессенжеридаги гуруҳида дўстларига Ўзбек миллатдошларимиз хақидаги муносабатини ҳавола қиламан: Эркин таржима ва бир оз таҳрир қилдим: Ҳой йигитлар! Бу ерда энди миллатчилик қилмайлик. Ўзбекларга ман қойил қолдим. Ишонасанларми, биттаси тўйхонасини бўшатиб беряпди, кўрпа-тўшак , ҳамма нарсаси билан. Яна биттаси «Егулик ва маҳсулотларинг ачиб қолмасин, шу Фура (музлатгич мошина)да турсин нарсаларинг, машина 3 кун ўчирилмайди» деб Фура машинасини олиб келиб қўйди. Тасаввур қиляпсанми? Бу ерда оммавий равишда фаол амалий ёрдамларини бераётганлар ҳаммаси Ўзбекларку... Бу ердаги аҳолининг кўпчилиги, қўпол гап айтмай қўяқолайку, шунчаки эрмак қилиб, томоша кўриб, тасвирга туширишга келгандек, асосан Қозоқлар. (Шеше....) Ўзбекларга ман қойил қолдим, бунчалик кутмагандим. Аёллари келиб: «Юринглар, уйимга 30 киши сиғади» дейди. Бошқа бири келиб:« Юринглар, меникига 20 киши сиғади» дейди. Ризо бўлдим, офарин (маладес). Қараб турсанглар (гувоҳ бўлиб демоқчи) Улар продукталарни давомли ташиб бу ерга олиб келишяпди. Қозоқлар ҳам олиб келишяпди, гап йўқ, аммо асосан Қозоқни биласизларку, кўпчилиги бойлигини кетларига босиб ўтиришади. Мана бу Ўзбеклар хақиқатда сахийлик/инсонпарварлик кўрсатишмоқда. Минг рози бўлдим. Бир кишининг уйига 100 одам сиғар экан. Шахсан манга айтдики:« Менинг 2 уйим бор. Иккаласиниям бўшатиб қўйдим, 100 кишини бемалол сиғдира оламан, егулик-ичимликларни ҳаммасини ғамлаб ташкиллаштириб қўйганман» дейди........

Опубликовано Dilnur Kamilov Вторник, 25 июня 2019 г.

«Hoy yigitlar! Bu yerda endi millatchilik qilmaylik. O‘zbeklarga men qoyil qoldim. Ishonasizlarmi, bittasi to‘yxonasini bo‘shatib beryapti, ko‘rpa-to‘shak, hamma narsasi bilan. Yana bittasi «Yegulik va mahsulotlaring aynib qolmasin, shu fura (muzlatgich mashina)da tursin narsalaring, mashina 3 kun o‘chirilmaydi» deb Fura mashinasini olib kelib qo‘ydi. Tasavvur qilyapsizmi?», deydi qozoq yigiti.

— Bu yerda ommaviy ravishda faol amaliy yordamlarini berayotganlarning hammasi o‘zbeklarku... — davom ettiradi u. — Bu yerdagi aholining, qo‘pol gap aytmay qo‘ya qolayku, shunchaki ermak qilib, tomosha ko‘rib, tasvirga tushirishga kelganlarning ko‘pchiligi asosan o‘zimiznikilar. O‘zbeklarga men qoyil qoldim, bunchalik kutmagandim. Ayollari kelib: «Yuringlar, uyimga 30 kishi sig‘adi» deydi. Boshqa biri kelib: «Yuringlar, menikiga 20 kishi sig‘adi» deydi. Ofarin.

Qarab tursanglar (guvoh bo‘lib demoqchi) ular mahsulotlarni davomli tashib, bu yerga olib kelishyapti. Qozoqlar ham olib kelishyapti, gap yo‘q, ammo... O‘zbeklar haqiqatda saxiylik, insonparvarlik ko‘rsatishmoqda. Ming rozi bo‘ldim.

Bir kishining uyiga 100 odam sig‘ar ekan. Shaxsan menga aytdiki: «Mening 2 ta uyim bor. Ikkalasiniyam bo‘shatib qo‘ydim, 100 kishini bemalol sig‘dira olaman, yegulik-ichimliklarni hammasini g‘amlab, tashkillashtirib qo‘yganman», — degan qozoq yigiti o‘z hayratini yashira olmay.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aris shahridan evakuatsiya qilingan qozoq yigitining hayrati: «O‘zbeklarga qoyil qoldim» (video)