11:40 / 26.06.2019
11 751

Amerikada 27 daqiqaga o‘lgan ayol narigi dunyo haqida gapirib berdi

Amerikada 27 daqiqaga o‘lgan ayol narigi dunyo haqida gapirib berdi
Foto: Depositphotos
To‘satdan yuragi to‘xtab qolgan Amerikaning Arizona shtatida yashovchi Tina Xayns to‘rt marotaba hayotga qaytarildi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.

Shifokorlar yetib kelgunigacha Tinaning turmush o‘rtog‘i uning yuragini bir necha bor qayta ishga tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Kasalxonaga borgunga qadar shifokorlar bemor hayotini defibrillyator yordamida bir necha bor saqlab qolishga uringan. Tina o‘zining Instagram’dagi sahifasiga yozishicha, uning klinik o‘limi jami 27 daqiqani tashkil etgan.

Tina hushiga kelishi bilan ruchka va qog‘ozni olib «U mavjud» deya yozgan. Qarindoshlari Tinadan nima haqida yozganini so‘rashganida, u ko‘zida yosh bilan osmonga ishora qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikada 27 daqiqaga o‘lgan ayol narigi dunyo haqida gapirib berdi