12:00 / 26.06.2019
3 286

Poroshenko Gruziya davlatining nomini o‘zgaritish taklifini bildirdi

Poroshenko Gruziya davlatining nomini o‘zgaritish taklifini bildirdi
Foto: Facebook / Pyotr Poroshenko
Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko Tibilisida o‘tkazilayotgan norozilik namoyishlari fonida Gruziya nomini Sakartveloga o‘zgartirish taklifini bildirdi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.

Poroshenko so‘zlariga ko‘ra, u «gruzin xalqining Rossiya tajovuziga qarshi kurashini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi».

«Rossiya turistik sektorda aviaxabarlar almashinuvini yopib qo‘yib yangicha zarba berdi. Albatta, men ukrainaliklarga Ukrainada dam olishlarini maslahat beraman, biroq xorijda yoki bosib olingan Qrimda ta’tilni o‘tkazishni rejalashtirganlarga Gruziya tomon yo‘nalish olishni tavsiya qilaman», — deydi sobiq prezident.

Poroshenko ukrainaliklarni «gruziyalik birodarlarini og‘ir kunda tashlab ketmaslikka», mamlakat Vazirlar Mahkamasini esa «Ukraina—Gruziya—Ukraina» yo‘nalishi bo‘yicha turistlarga chegirma berishga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenko Gruziya davlatining nomini o‘zgaritish taklifini bildirdi