12:45 / 26.06.2019
3 697

Suratga tushishni istamagan styuardessa yo‘lovchilar tomonidan kaltaklandi

Suratga tushishni istamagan styuardessa yo‘lovchilar tomonidan kaltaklandi
Foto: Metro
Vietjet Air aviakompaniyasi styuardessasi uch yo‘lovchi tomonidan kaltaklandi. Styuardessa yo‘lovchilar bilan birga suratga tushishni istamagani zo‘ravonlikka sabab bo‘lgan.

Hodisa Vetnamdagi Txo Suan aeroportida ro‘y berdi. Yo‘lovchilar Le Van Nxi, Le Trung Dung va Fam Xuu An Vietjet Air aviakompaniyasida faoliyat olib boradigan Le Txi Jiangni birga suratga tushishga taklif etishgan. Ammo ayol ularga rad javobini bergan. Bu esa yo‘lovchilarning jahlini chiqarib yubordi.

Sayyohlardan biri styuardessani tepib yiqitadi. Keyin esa ikkinchi sayyoh boshqa styuardessani ta’qib eta boshlaydi. Shundan so‘ng aeroport xavfsizlik xizmati xodimlari bilan janjal boshlanadi.

Yo‘lovchilarning uchchalasi ham alkogolli ichimliklar ta’sirida mast holatda bo‘lgan. Ularning barchasi qo‘lga olingan va politsiya bo‘limiga olib borilgan. Sud Le Van Nxini uch yil, Le Trung Dungni ikki yilu o‘n oy va Fam Xuu Anni bir yilu o‘n oyga qamoqqa hukm qildi.

Shuningdek aeroport xavfsizlik xizmati xodimlari ham o‘z vaqtida kerakli chora ko‘rmagani uchun jarimaga tortildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Suratga tushishni istamagan styuardessa yo‘lovchilar tomonidan kaltaklandi