Foto: Twitter
Koloradoda yozgi tengkunlikda qor yog‘di. Forum Daily’ning yozishicha, ayrim joylarda qor qoplami qalinligi yarim metrdan oshdi.
Xabarda aytilishicha, 21 iyunda Steamboat kurortida dengiz sathidan taxminan 2 kilometr balandlikdagi hududda kun davomida yoqqan qor qalinligi qariyb 20 santimetrga yetgan. Denverdan taxminan 250 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan Stimbot-Springs kurorti bunday ajoyib tabiat hodisasini «yozgi qor», deb nomladi.
Foto: Twitter
Qorli ob-havo haqida ogohlantirish 23 iyundan beri amal qilgan, lekin bu paytda kurortda havo sezilarli darajada ilib, quyosh qor uyumini eritib yuborgan.
Me a couple months ago when thinking about going to Colorado in June:
— Peter Marteka (@petermarteka) June 23, 2019
“Wouldn’t it be cool if there was still snow on the peaks?”
Me now: ???? pic.twitter.com/XdRJZRy2kw
Milliy meteorologik xizmat xabariga ko‘ra, bu haftada shaharda Selsiy bo‘yicha 27,7 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi
Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi