Arizonalik “hotamtoy” choychaqa uchun 11ming dollar berdi

  • 05 yanvar 2015, 00:41
  • 5 881
  • Dunyo
  • Arizonalik “hotamtoy” choychaqa uchun 11ming dollar berdi

    AQShning Arizona shtatida joylashgan Feniks shahridagi “Crudo” restoraniga tashrif buyurgan juftlik ofisiantlarni xursand qilishga qaror qildi. Restoranda ovqatlanib bo‘lgach, bu xo‘randalar “xizmat puli” sifatida stolda 11ming dollar qoldirib ketishgan. Bu haqida “vesti.ru” nashri'ga asoslanib “Kun.uz” ma’lum qilmoqda.

    Xabarda batafsil yozilishicha, bu voqea 27 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Avvaliga er-xotin mijozlar kechki ovqat uchun hisob keltirilganida (331,4 dollar), qo‘shimcha 1000 dollar choychaqa berib ketishgan. Biroz vaqt o‘tgach qaytib kelishib, ichimlik buyurishgan va ikkinchi hisobni (89,9 dollar) to‘layotganlarida, xo‘randa erkak hisobdan tashqari 10ming dollar to‘lagan.

    Mahalliy matbuotning qayd qilishiga qaraganda, bu saxiy kishi roppa-rosa 1 yil avval ham shu restoranga kelib ovqatlangan va 2500 dollarlik choychaqa qoldirib ketgan. Lekin, u o‘zining kimligini bildirishni istamagan, shahar aholisi ham uni tanimaydi.

    Foto: Global Look Press / Kun

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Arizonalik “hotamtoy” choychaqa uchun 11ming dollar berdi