18:30 / 26.06.2019
3 184

Tramp Eronni "jazolash"da davom etmoqda (video)

Tramp Eronni "jazolash"da davom etmoqda (video)
Shu kunlarda AQSh va Eron o‘rtasidagi geosiyosiy kurashning yangi raundi davom etmoqda, bu esa fors ko‘rfazidagi vaziyatning yanada qaltislashuviga sabab bo‘lmoqda, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Qo‘shma shtatlar Eron oliy rahbariyatiga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etishini ma’lum qildi. Qora ro‘yxatdan mamlakat oliy diniy rahnamosi Ali Xomaniy va bir qator harbiy rahbarlar o‘rin olgan. Prezident Donald Tramp ushbu qarorini munosabatlarning sovuqlashuvi va Eronning agressiv harakatlariga javob chorasi ekanini ma’lum qildi. “Biz Tehronga qarshi bosimni kuchaytirishda davom etamiz, bu rejim o‘zining xavfli faoliyati va ambitsiyalaridan voz kechmaguncha davom etadi, deya ta’kidladi.”

Ushbu sanksiyalar tufayli Eron rahbariyati Amerika moliyaviy tizimlaridan foydalanish huquqini yo‘qotadi. Ushbu jarayonga fikr bildirgan Eron tashqi ishlar vazirligi “AQShning Eronga qarshi saksiyalari” diplomatik kanallarning butunlay yopilishiga sabab bo‘lishini ma’lum qildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Eronni "jazolash"da davom etmoqda (video)