00:13 / 27.06.2019
4 680

AQSh dollarni devalvatsiyaga tayyorlamoqda

AQSh dollarni devalvatsiyaga tayyorlamoqda
Dollar o‘tgan yil avgustga nisbatan eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi. Dushanba kuni, 24 iyunda, Amerika valyuta kursi 62,83 rublni tashkil qildi.

Bank of America ta’kidlashicha, bu oxiri emas, yaqin vaqtlarda Tramp devalvatsiya to‘g‘risida qarorni qabul qilishi mumkin.

Hozirgi Oq uy rahbariga kuchli dollar kerak emasligi haqida RIA Novosti materialida tanishish mumkin.

Juda qimmat
Amerika hukumati milliy valyutani devalvatsiya qilish istagi haqida yirik moliyaviy institut bo‘lgan idora Bank of America ogohlantirdi.

G‘aznachilik tegishli farmoyishni qabul qilsa, Nyu-York Federal rezerv banki valyuta intervensiyasiga kirishadi: bank tahlilchilarning fikriga ko‘ra, dollar sotib, xorijiy valyutani sotib olish boshlanadi.

Bu muqarrar ravishda dollarni zaiflashtiradi, Bank of America hisobiga ko‘ra, hozirda dollarga 13 foiz ko‘p baho berilgan.

Bank of America ta’kidlashicha, valyuta intervensiyasi haqida qarorni Tramp iqtisodiyotni barqarorlashtirish shiori ostida qabul qiladi.

2018 yilda AQSh iqtisodiyoti 2,9 foizga ko‘tarildi, biroq yil yakuniga kelib jiddiy sekinlashdi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi bashoratiga ko‘ra, yaqin ikki yil ichida mamlakat YaIM o‘sishi kamayadi. Milliy iqtisodiyot va biznes uyushmasida ta’kidlanganidek, 2021 yilda retsessiya bo‘lishi mumkin.

Buning sababi aniq: o‘ta yirik, 22 trillion dollardan ortiq bo‘lgan davlat qarzi, trillion dollarlik byujdet defitsiti, qarzdorlikni ta’minlash bo‘yicha keskin xarajatlarni ko‘payishi, shunindek, Xitoy bilan savdo urushining keskinlashuvi.

Qator iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, foiz stavkalarining kutilayotgan kamayishiga qaramasdan, “yumshoq” retsessiya 2020 yilda ham bo‘lishi mumkin.

O‘tgan chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Federal rezerv asosiy stavkalarni o‘zgarishsiz qoldirdi, biroq ushbu idora rahbari Jer Pauel so‘zlariga ko‘ra, bu yerda ancha moslashuvchan siyosatning foydasi uchun ishonarli dalillar bo‘lgan.

Regulyator strategiyasida keskin burilishni kutayotgan holda dollar, olti asosiy valyutalar orasida zudlik bilan zaiflashdi.

Pauell tanqidga uchradi
O‘tgan yili Federal rezerv tizimi to‘rt mata stavkani ko‘tardi, bu Amerika iqtisodiyotini tiklash va pulni rag‘batlantirishning foydasizligidan kelib chiqqan.

Bu prezident Trampning keskin tanqidiga uchradi. Federal rezervni ziyon keltiruvchi tashkilot va Amerika iqtisodiyotiga asosiy xavf ekanligini e’lon qildi. Prezident Jer Pauellga bo‘shatish bilan tahdid qildi.

Mart oyida Federal zaxira idorasi stavkalarni kelgusida oshirishdan voz kechdi. Biroq bu Trampga kam.

Uning so‘zlariga ko‘ra, FRT dekabrda stavkani ko‘tarmaganda, Dow Jones indeksi bir necha yuz baravar yuqorilab, iqtisodiyot yiliga 4-5 foizga o‘sgan bo‘lardi.

“Ular hech narsani tushunmaydi. Yevro va boshqa valyutalar dollarga nisbatan divalvatsiyada bo‘lsa, AQShni foydasiz holatga qo‘yadi. FRT stavkasi juda yuqori”, - deb yozdi Tramp Tvitterda.

Goldman Sachs prognoz qilishicha, FRT iyulda stavkalarni 0,25 foizga va sentyabrda ham shu miqdorda kamaytiradi. Iqtisodiyotda vaziyat keskin yomonlashsa, 0,5 foizga kamaytiradi.

Yanada kamaytirish kerak
Donald Tramp ochiqchasiga kuchli dollar siyosatidan voz kechdi. Uning fikriga ko‘ra, juda qimmat valyuta Amerika tovarlari va xizmatlari eksporti uchun to‘sqinlik qiladi va savdo balansi defitsitini murakkablashtiradi: 2018 yilda u 621 milliard dollarga yetdi.

Agar dollar narxi tushsa, xorijiy xaridorlarga Amerika mahsulotlarini sotib olish yanada foydali bo‘ladi.

“Boshqa davlatlar bilan biznes yurita olmaydigan o‘ta kuchli dollar kerak emas, menga mamlakat uchun foyda keltiradigan kuchli dollar kerak”, - degan edi Tramp.

O‘tgan haftada Tramp Yevropa markaziy banki rahbari Mario Dragiga yevro kursini dollarga nisbatan pasaytirishi haqida ayblovlarni ilgari surdi.

“Mario Dragi qo‘shimcha rag‘batlashtirish imkoniyati haqida axborot berdi, bu darhol yevroni dollarga nisbatan pastga tushirib, AQSh bilan raqobat qilishni osonlashtirdi. Bu yillar davomida Yevropaliklar, Xitoy va boshqalar bilan birga qo‘l kelmoqda”, - deb yozdi Tramp.

Tramp fikriga ko‘ra, Xitoy doim qasddan yuan kursini kamaytiradi, bu eksportni arzonlashtirib, AQSh bilan savdo disbalansini ko‘paytiradi.

Zaif dollar siyosati
Ekspertlar Tramp va Moliya vaziri Stiven Mnuchinning zaif dollar siyosati oxir-oqibat iqtisodiy o‘sishni barbod qilishidan qo‘rqmoqda.

“Agar siyosat barqaror dollarga qarshi qaratilgan bo‘lsa, chet elliklar Amerikaning davlat qarzini moliyalashtirmaydi. AQSh esa dollar dunyo zaxira valyutasi sifatida ko‘rilishidan to‘liq bog‘liq”, - deydi CNBC bank tahlilchisi Dik Bove.

Xorijiy kreditorlar tez suratlarda dollardan qutilmoqda: asr boshidan butunjahon valyuta zaxiralarida uning ulushi eng past darajaga pasaydi. 2008 yil global moliyaviy inqiroz davridan, markaziy banklar zaxirada maksimal miqdorda AQSh valyutasini ushlab turganda bu ko‘rsatkich 7 foizga tushdi.

Kelgusida pasayish dollar zaxira maqomiga tahdid soladi. Xorijiy davlat hukumatlari AQSh davlat obligatsiyalardan ko‘proq foyda keltirishini talab qiladi. Bu o‘z navbatida qarz bo‘yicha stavkalarni ko‘paytiradi va investorlarni Amerika iqtisodiyotini tiklash umidini batamom yo‘qotadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh dollarni devalvatsiyaga tayyorlamoqda