Nursulton opera teatri truppasi Qozog‘istonning birinchi prezidenti, elboshi Nursulton Nazarboyevga bag‘ishlangan operani bosim ostida repetitsiya qilmoqda.
«Yaratganning irodasini bajarish uchun Yerga yuborilgan» va «Yo‘q, u na xudo, na avliyo, na poshsho, u birinchi prezident va yetakchi» satrlari bo‘lgan musiqiy asarni ijro etishni xohlamagan artistlarga ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilishgan.
Qozoq jurnalisti Asem Japisheva o‘zining Facebook sahifasida xabar berishicha, pesa elboshi rahnamoligida Qozog‘istonda barcha jabhalarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlarni tarannum etishga bag‘ishlangan. «Quyosh yoritgan yo‘l» asarida kuylanishicha, Nursulton Nazarboyev mustaqil Qozog‘istonning tashkil topishi va taraqqiy etishiga bosh-qosh bo‘lishi uchun Yaratgan tomonidan yuborilgan.
Asar muallifi, 20 yashar kompozitor Rohatbiy Abdisag‘in qozoq parlamenti deputatining o‘g‘lidir. May oyida u ikki soatlik «Quyosh yoritgan yo‘l» operasini Nursulton Nazarboyevga taqdim etgan edi.
Hozir «Ostona opera»da repetitsiyalar qizg‘in davom etmoqda. Opera Poytaxt kuni tantanalari doirasida namoyish qilinishi aytilayapti. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi