12:00 / 27.06.2019
4 069

Uyg‘ur amaldor Sharqiy Turkistondagi lagerlarni himoya qildi

Uyg‘ur amaldor Sharqiy Turkistondagi lagerlarni himoya qildi
Sharqiy Turkiston gubernatori o‘rinbosari Erkin Tuniyoz millionlab uyg‘ur saqlanayotgan lagerlarni himoya qildi, deb xabar bermoqda “Azon.uz” nashri.

BMT Inson huquqlari kengashining 41-sessiyasida nutq so‘zlagan Tuniyoz lagerlarni “kasbiy ta’lim markazlari” deb atab, u yerlarda saqlanayotganlar terrorchilik va radikalizm qurboniga aylanishdan asralayotganini, Xitoy hukumati shu orqali Sharqiy Turkistonda terrorchilik va radikalizmga qarshi kurashayotganini iddao qildi.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet o‘z nutqida Xitoy hukumatini qattiq tanqid qildi.

Dunyo uyg‘urlar kongressi raisi Iso To‘lqin esa Erkin Tuniyoz Xitoy kommunistik partiyasi tomonidan Sharqiy Turkistonga yuborilgan kishi ekanini va uyg‘ur xalqining vakili emasligini ta’kidladi.

Xitoy Sharqiy Turkistondagi lagerlar uchun ancha vaqtdan beri xalqaro hamjamiyatning tanqidlariga uchrab keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uyg‘ur amaldor Sharqiy Turkistondagi lagerlarni himoya qildi