22:07 / 28.06.2019
2 768

Tramp, Abe va Modi bir-birini antiqa qutladi

Tramp, Abe va Modi bir-birini antiqa qutladi
AQSh prezidenti Donald Tramp, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Yaponiyaning Osaka shahrida o‘tayotgan “Katta yigirmatalik” sammitida bir-birlarini “mushtga musht urish bilan” qutladi. Hind telekanali namoyish qilgan ushbu holat videosi bilan rossiyalik jurnalist Dmitriy Smirnov o‘z Telegram-kanalida bo‘lishdi.

Videoda uch yetakchi dastlab suratga tushayotgani, so‘ngra Trampning tashabbusiga ko‘ra do‘stona tarzda “musht urishib qo‘yayotgani” va shundan keyin kulishib qo‘yayotganini ko‘rish mumkin.

Avvalroq Tramp sammit doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvni hazil bilan boshlagan. AQSh prezidenti rossiyalik hamkasbiga “Iltimos, saylovlarga aralashmagin”, deb qo‘ygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp, Abe va Modi bir-birini antiqa qutladi