18:39 / 30.06.2019
4 011

Iqlim o‘zgarishlari aholining zaif qatlamlariga tahdid solmoqda (video)

Iqlim o‘zgarishlari aholining zaif qatlamlariga tahdid solmoqda (video)
BMT ning qashshoqlik va inson huquqlari masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi iqlim o‘zgarishi jarayonlari demokratiya va inson huquqlariga jiddiy xavf solayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Darakchi nashri xabar berdi.

Bu haqda BMT maxsus ma’ruzachisi Filip Olston o‘z hisobotida aytib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi jarayonlari ayniqsa qashshoq mamlakatlardagi aholining eng zaif qatlamlariga tahdid solmoqda. Olimlarning o‘n yillar mobaynidagi ogohlantirishlariga qaramasdan ekologik muammolarni hal etishga yetarlicha e’tibor qaratilmayapti. Olston o‘z ma’ruzasida insoniyat “iqlim aparteidi” ta’siri ostida qolishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Uning ta’kidlashicha, puldorlar jazirama, ochlik va mojarolardan to‘lov evaziga qochish uchun imkoniyati bo‘lgan bir paytda, qolganlar bu kabi falokatlardan aziyat chekishga majburdirlar. Hisobot ma’lumotlariga ko‘ra, iqlim inqirozi bilan bog‘liq xarajatlarning taxminan to‘rtdan uch qismi rivojlanayotgan mamlakatlar gardaniga tushmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan zararli chiqindilarning 10 foizigina ushbu mamlakatlarning 3,5 milliard aholisi zimmasiga to‘g‘ri kelmoqda. Iqlim o‘zgarishiga qarshi o‘z vaqtida choralar ko‘rilmasligi aholining qashshoq qatlami orasida suv va oziq- ovqat tanqisligiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida beqarorlik va urushlarni keltirib chiqaradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iqlim o‘zgarishlari aholining zaif qatlamlariga tahdid solmoqda (video)