TIV o‘zbekistonliklarni Qozog‘istondagi kuchli jazirama haqida ogohlantirdi

  • 01 iyul 2019, 13:40
  • 1 628
  • Dunyo
  • TIV o‘zbekistonliklarni Qozog‘istondagi kuchli jazirama haqida ogohlantirdi
    O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston sinoptiklari ogohlantirishicha 1 iyul kuni Qizilo‘rda viloyatida va Turkiston viloyatining ayrim joylarida harorat 45-47 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

    Kuchli jazirama harorat Olmaota, Jambul viloyatlarida, Qo‘stanay va Qarag‘anda viloyatlari ayrim joylarida kutilmoqda. Shuningdek, Qizilo‘rda, Turkiston, Jambil viloyatlarida, Aqto‘be, Qo‘stanay, Olmaota viloyatlari ayrim joylarida favqulodda yong‘in xavfi saqlanib qolmoqda.

    Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonga yo‘l olgan yoki ko‘rsatilgan viloyatlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga tegishli ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qilmoqda.

    Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi elchixonasi (Nur-Sulton, Aqmola, Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar, Qostanay va Qarag‘anda viloyatlari, tel.: +7-717-295-42-52), Aktau shahridagi Bosh konsulxona (Aqto‘be, Atirau, G‘arbiy Qozog‘iston va Mangistau viloyatlari, tel .: +7-729-277-71-17), Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga (Olmaota shahri, Chimkent shahri, Olmaota viloyati, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari, tel.: +7-727-291- 11-78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » TIV o‘zbekistonliklarni Qozog‘istondagi kuchli jazirama haqida ogohlantirdi