20:00 / 02.07.2019
7 020

Xitoy qamoqqa tashlagan 1 mln musulmon baxtli yashayaptimi? (video)

Xitoy qamoqqa tashlagan 1 mln musulmon baxtli yashayaptimi? (video)
Xitoy hukumatiga ko‘ra, Shinjon-uyg‘ur bo‘lgasidagi qayta tarbiyalash markazlarida uyg‘urlar baxtli hayot kechirishmoqda. Pekin rasmiylari BBS jurnalistlarini ham oldindan tayyorlangan shunday bir jamloq, ya’ni o‘zlari aytmoqchi, markazga olib borishgan.

U yerda tanlab olingan va hoynahoy o‘rgatilgan uyg‘urlar shod-xurram hayot kechirishayotganini takrorlaganlar.

Xitoy Shinjon Uyg‘uristonida ulkan qamoqxonalarga o‘xshash bir nechta jamloq barpo etgan.
Ularda bir milliondan ko‘p aksar uyg‘ur va qisman qozoq, qirg‘iz va tojiklardan iborat musulmonlar saqlanadi.

Jinoyat qilmagan mahbuslar
Xitoyga ko‘ra, bu jamloqlar qamoq emas, balki qayta tarbiyalash markazlaridir.
Ammo ular yopiq, qattiq qo‘riqlanadi va kirib-chiqish o‘ta cheklangan.

Hozirgacha aynan qanday musulmonlar va qaysi harakati uchun bu yerlarda saqlanmoqda, qayta tarbiyalash uchun qancha muddat vaqt ketadi – ma’lum emas.

Pekin vakillari hech bir qonunni buzmagan yuz minglab uyg‘urlarni ham "qariyb jinoyatchi" deb atashgan.

Xitoydan qochib chiqqanlar va xalqaro huquq faollariga ko‘ra bu jamloqlarga aksar hech bir jinoyat qilmagan musulmonlar tashlangan.
Ko‘plarining taqdiri haqida yaqinlari hech narsa bilishmaydi.

Ayni qamoq jamloqlari tufayli Xitoy dunyo bo‘ylab tanqidga uchrar ekan, Pekin rasmiylari ularning ayrimlarini dunyoga namoyish etishga jazm etgan ko‘rinadi.

Xitoy ko‘rsatgan jamloqlarda odamlar baxtli, quvnoq va go‘yo bilim olishmoqda. Biroq Xitoyga qanchalik ishonish mumkin degan savol ochiq.
1930 – 1940-yillari natsistlar Germaniyasi ham yahudiylar "baxtli yashagan" gettolarni dunyoga va nemis xalqiga namoyish etgan.
U tasvirlarda ham shod-xurram hayot kechirgan yahudiylar tasvirlanardi.

Manba: Minbar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy qamoqqa tashlagan 1 mln musulmon baxtli yashayaptimi? (video)