20:00 / 06.07.2019
3 382

Rossiyaning Galkin, Petrosyan va boshqa qiziqchilari qancha daromad olishi ma’lum bo‘ldi

Rossiyaning Galkin, Petrosyan va boshqa qiziqchilari qancha daromad olishi ma’lum bo‘ldi
Foto: «RIA Novosti»
Maksim Galkin Rossiyadagi eng qimmat qiziqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi, deb yozmoqda «RIA Novosti». Bu haqda shu yo‘nalishda ijod qiluvchi artistlar gonorari haqidagi ma’lumotlardan aniqlangan.

Galkinning xususiy korporativ bazmlarda chiqish qilishi mehmonlarga 50 ming yevroga tushadi.

Undan keyingi o‘rinni Aleksandr Revva egallagan bo‘lib, uning gonorari 2 million rublni tashkil etadi. Yuliya Mixalkova esa 12 ming yevro evaziga chiqish qiladi. Yevgeniy Petrosyanning chiqishi 700 ming rubl baholandi.

Odatda bunday artistlar boshlovchi sifatida taklif etiladi, lekin ular 30—40 daqiqali kichik yakkahon chiqishini ijro etib berishi ham mumkin.

Bazmlarga jamoalarni ham taklif etish mumkin. «Krivoye zerkalo» artistlari chiqishi 150—350 ming rubl, «Anshlag» 200—400 ming rubl, «Noviye russkiye babki» 500 ming, Comedy Woman esa 2 million rublga tushadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaning Galkin, Petrosyan va boshqa qiziqchilari qancha daromad olishi ma’lum bo‘ldi