16:00 / 07.07.2019
6 446

Yuzlab uyg‘urlar Pekin siyosatini qoralab, namoyishga chiqishdi (foto)

Yuzlab uyg‘urlar Pekin siyosatini qoralab, namoyishga chiqishdi (foto)
Belgiya poytaxti Bryussel shahridagi Yevroparlament binosi oldida yuzlab uyg‘urlar va turklar Xitoyning Sharqiy Turkistonda olib borayotgan siyosatiga norozilik bildirib namoyish o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Azon» nashri.

«Uyg‘ur inson huquqlari loyihasi» muassasasi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu namoyishda turk va ozar fuqarolik jamiyati tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Namoyishchilar «Xitoy amalga oshirayotgan etnik tozalash to‘xtatilsin», «Uyg‘urlarni qutqaring!» kabi shiorlar bilan Xitoyning Sharqiy Turkistondagi siyosatini tanqid qildilar.

Ma’lumot uchun, «Uyg‘ur inson huquqlari loyihasi» 2004 yilda «Amerika uyg‘urlari birligi» tashkiloti tomonidan Xitoy hukumati zulmi ostida bo‘lgan uyg‘urlarni himoya qilish uchun tashkil qilingan. Rasmiy statisik ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 30 million musulmon bor va ularning 23 millioni uyg‘urlardir. Lekin rasmiy bo‘lmagan statistikada mamlakat aholisning 9,5 foizi, ya’ni 100 millioni musulmon ekani aytiladi.


Xitoy 1949 yildan buyon musulmon uyg‘urlarning vatani bo‘lgan Sharqiy Turkistonni qo‘l ostida saqlab keladi. Xitoy hukumati u yerga Shinjon, ya’ni yangi chegara deb nom bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yuzlab uyg‘urlar Pekin siyosatini qoralab, namoyishga chiqishdi (foto)