AQSh prezidenti Donald Tramp reytingi ko‘rsatkichlari uning prezidentligi vaqtidagi eng yuqori darajaga yetdi. Bu haqda ABC News telekanali xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 44 foiz amerikaliklar Trampning ishini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa uning prezidentligi boshidagi reytingiga nisbatan 2 foiz ko‘proqdir.
Shu bilan birga, Tramp umuman olganda shaxsiy va professional jihatlari sababli nomashhur bo‘lib qolmoqda, bu esa 2020 yilgi prezident saylovlarida uning zaif vaziyatdaligidan darak beradi.
Ma’lum qilinishicha, 53 foiz so‘ralganlar Trampning faoliyatidan qoniqish bildirishmagan.
Bundan tashqari, so‘rovnomaga ko‘ra, 51 foiz respondent AQSh prezidentining iqtisodiyot sohasidagi faoliyatini ma’qullaydi. Boshqa sohalar borasida Trampning ma’qullanishi pastroq darajada.
So‘ralganlarning 39 foizi Trampga umuman impichment e’lon qilish kerakligini aytishgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi