Putinni haqoratlagan gruziyalik teleboshlovchi ishidan chetlatildi

  • 09 iyul 2019, 06:34
  • 1 232
  • Dunyo
  • Putinni haqoratlagan gruziyalik teleboshlovchi ishidan chetlatildi
    Gruziyaning “Rustavi 2” telekanali Rossiya prezidenti Vladimir Putinni haqorat qilgan teleboshlovchi Georgiy Gabuniyani 2 oyga ishidan chetlatdi. Bu haqda telekanal saytida ma’lum qilingan.

    7 iyulda Gabuniya o‘zining mualliflik dasturi “P.S.” efirida Putin nomiga haqoratomuz so‘zlar aytgan. U Putindan tashqari, uning marhum ota-onasi sha’niga ham kurakda turmaydigan so‘zlar aytgan.

    Jurnalistning ushbu qilmishi tomoshabinlarni achchiqlantirgan va Tbilisida yuzlab odamlar telekanal binosiga kelib, boshlovchini va “Rustavi 2” bosh direktori Nika Gvaramiyani o‘z lavozimidan bo‘shatishni talab qilishgan. Keyinroq telekanal rahbariyati ushbu hodisa uchun uzr so‘ragan.

    Gabuniyaning qilmishini Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili va bosh vazir Mamuka Baxtadze ham qoralagan.

    » » Putinni haqoratlagan gruziyalik teleboshlovchi ishidan chetlatildi