11:25 / 09.07.2019
5 418

Ramzan Qodirov Putinni haqorat qilgan teleboshlovchini ogohlantirdi

Ramzan Qodirov Putinni haqorat qilgan teleboshlovchini ogohlantirdi
Foto: «Kremlin»
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov «Rustavi 2» kanali orqali Rossiya prezidenti Vladimir Putinni haqoratlagan gruziyalik teleboshlovchiga nisbatan keskin fikrlarni bildirdi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.

Ramzan Qodirov jurnalistning o‘zini «maraz va tuban» deb atadi. Shu bilan birga Qodirov ushbu aksiyada faqatgina Georgiy Gabuniya ishtirok etmaganini ta’kidlamoqda. U Gruziyaga nisbatan eng qattiq sanksiyalarni joriy etishga chaqirdi va dunyoda Gabuniyaning qilmishi uchun jazolashga tayyor ko‘plab yoshlar borligi haqida ogohlantirdi.

Qodirovning ta’kidlashicha, Kavkazda erkaklar hatto dushmaniga nisbatan ham teleboshlovchi Georgiy Gabuniya ishlatgan so‘zlardan foydalanmaydi. Sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng, Checheniston rahbari jurnalistni «na Kavkaz farzandi, na erkak va na tog‘lik» deb hisoblaydi.

«Gabuniya — tug‘ma qo‘rqoq va jinssiz jonzot. U — gruzin xalqi va Gruziyaning isnodi», — deydi Qodirov.

Shuningdek, Checheniston rahbarining hisoblashicha, Gruziyaning yuqori martabali amaldorlari Rossiya prezidentidan rasman kechirim so‘rashlari va Gabuniyaga nisbatan jinoiy ish ochishlari lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov Putinni haqorat qilgan teleboshlovchini ogohlantirdi