00:06 / 10.07.2019
3 582

Italiyada yo‘lbarslar hayvon o‘rgatuvchini o‘ldirdi

Italiyada yo‘lbarslar hayvon o‘rgatuvchini o‘ldirdi
Foto: Pixabay
Italiyaning eng mashhur sirklaridan biri Circo Orfei «Besh qit’aga sayohat» shousini tayyorlab, uni gastrol safarlarida namoyish etmoqchi edi, deb yozmoqda Daryo.uz nashri National Geographic'ga tayangan holda.

Sirk 15 iyunda Bari shahriga kelgan va u yerda bir oy davomida qolishi kerak bo‘lgan. Ammo 4 iyul kuni kechasi sirk maydonida mudhish voqea ro‘y berib, yo‘lbarslarning to‘rttasi dressirovkachini navbatdagi tomosha boshlanishidan bir soat oldin o‘ldirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 61 yoshli dressirovkachi Ettore Veber yo‘lbarslar bilan chiqishni repetitsiya qilayotgan bo‘lgan. Yo‘lbarslardan biri to‘satdan uni yiqitgan, so‘ng qolganlari unga tashlangan. Hamkasblari va tibbiyot xodimlari yo‘lbarslarni jasaddan haydagunicha bir yarim soatdan ko‘p vaqt o‘tgan.

Veber vafot etgan. Shifokorlar uning umurtqa shikastlanishi va boshqa jiddiy jarohatlar olganini ma’lum qilgan. Endi gastrol safarlari davom ettiriladimi-yo‘qmi — noma’lum.

Yo‘lbarslarning taqdiri nima bo‘lishi ham noma’lum. Yirtqichlar, ko‘pincha, odamlarga hujum qilganidan so‘ng o‘ldiriladi. Ammo bu holda ularni safari-bog‘ga yuborish rejalashtirilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada yo‘lbarslar hayvon o‘rgatuvchini o‘ldirdi