08:15 / 10.07.2019
3 084

Amirliklarga ulkan aysberg yetkazish rejalashtirilmoqda

Amirliklarga ulkan aysberg yetkazish rejalashtirilmoqda
BAAlik tadbirkor Abdulloh Al Shoxiy ulkan rejalar haqida ma’lum qildi – u o‘z davlatiga haqiqiy aysbergni yetkazishga umid qilmoqda. Muz tog‘ nafaqat diqqatga sazovor joy bo‘ladi, balki ichimlik suvi tanqisligi muammosini hal qilishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, aysbergni manzilga yetkazish bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab uni Avstraliya yoki JAR sohillariga tashish rejalashtirilmoqda. Agar bu bosqich muvaffaqiyatli kechsa, aysberg BAAgacha yana bir masofani bosib o‘tadi.

G‘oya muallifi bitta aysberg BAA aholisini sifatli chuchuk suv bilan 5 yil ta’minlashiga ishonch bildirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amirliklarga ulkan aysberg yetkazish rejalashtirilmoqda