Foto: Facebook / Boulder County Sheriff's Office
Amerikaning Boulder shahrida ayiq yo‘l yoqasida turgan mashinani «olib qochdi» va yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Bu haqda shahar politsiyasi o‘zining Facebook’dasi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi «Daryo.uz».
Yirtqich hayvon avtomobil ichiga kirganida eshik bexosdan yopilib qolgan. Salon ichidan chiqishga uringan ayiq uzatmalar qutisini neytral holatga keltirib qo‘ygan. Natijada qiyalikda turgan avtomobil harakatga kelib, daraxtga urilgan. Sodir bo‘lgan to‘qnashuvdan so‘ng ayiq mashina ichidan chiqishga erishgan.
YTH oqibatida mashinaga jiddiy zarar yetgan. Ayiq esa voqea joyidan yashiringan.
Politsiya matbuot xizmati mahalliy aholini o‘z transport vositalarining eshigini ochiq qoldirib ketmaslikka chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi